Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Huquqiy axborot qonun ustuvorligi garovidir

Chop etish Sahifani ulashish
05.08.2022 2650 Yangiliklar

 

Bugun, Transport vazirligi markaziy apparati, hududiy transport boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari ishtirokida Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash yuzasidan seminar tashkil etildi.

 

Vazirlik yuridik boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan seminarda “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlashda Transport vazirligida amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi to‘g‘risidagi masalani o‘rganishda aniqlangan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.

 

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish – qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayonda esa huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Shu nuqtai nazardan, har bir sohada qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini, qabul qilinish zaruratini keng jamoatchilikka yetkazish, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni to‘g‘ri tashkil etish nihoyatda dolzarb masaladir.

 

Seminarda ishtirok etgan Adliya vazirligi huquqiy targ‘ibot va ma’rifat boshqarmasi yetakchi maslahatchisi Nurmuhammedov Muslimbek Uchqun o‘g‘li aynan ushbu yo‘nalishda ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bog‘liq jihatlarga to‘xtalib o‘tdi.