Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vazirligi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlar roʻyxati

  Transport vazirligi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlar: 

  1. Transport vazirligining huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar;
  1. Transport vazirligi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek ularning ijro etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
  1. Transport vazirligi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ushbu hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
  1. Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
  1. Transport vazirligi tomonidan davlat dasturlari hamda boshqa dasturlar amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
  1. Transport vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
  1. Transport vazirligining davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
  1. Amalga oshirilishida Transport vazirligi ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
  1. Transport vazirligi faoliyati sohasiga taalluqli boʻlgan tarmoqning (hududning) holatini va uning rivojlanish surʼatini tavsiflovchi rasmiy eʼlon qilingan asosiy koʻrsatkichlar haqidagi, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
  1. Transport vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
  1. Boʻsh ish oʻrinlari, ishga qabul qilish shartlari va boʻsh ish oʻrinlarini egallash uchun nomzodlarga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
  1. Transport vazirligi tomonidan tuzilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
  1. Transport vazirligining ochiq hayʼat majlislarini oʻtkazish rejalari, shu jumladan majlislarning kun tartibi loyihalari, ular oʻtkaziladigan sana, joy va vaqt, majlislarda hozir boʻlish tartibi.
  2. Transport vazirligi faoliyati toʻgʻrisidagi axborot jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin.