Manzil:
Zulfiyaxonim ko'chasi, 3-uy
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatiga doir foydalanilishi cheklangan ma’lumotlar ro‘yxatiga kiradi:
Samolyotlar va vertolyotlar, uchuvchi va muhandis-texnik xodimlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Aeroport yoki aerodromlarning texnik himoyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Viloyatlar va respublika bo‘yicha avtomobillarning texnik holati va soni haqidagi ma’lumotlar;
Respublika bo‘yicha yuk vagonlari va lokomativlarning texnik holati va soni;
Temir yo‘llarining o‘tkazish qobiliyati to‘g‘risidagi ma’lumot;
Temir yo‘l bo‘yicha maxsus yuklarni tashishning maxfiyligi va xavfsizligini ta’minlash tizimi to‘g‘risidagi ma’lumot;
Maxsus yuklar bilan transportlarning yurish muddati va yo‘nalishi to‘g‘risidagi ma’lumot.