Eslatma: Sayt beta rejimida ishga tushirildi. Saytdan foydalanish paytida xatoliklar yuzaga kelishi mumkin.

Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Metropoliten

 

Toshkent metropoliteni — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi unitar korxonadir. Avval Oʻzbekiston temir yoʻllari kompaniyasi tarkibida boʻlgan. U Toshkent shahridagi jamoat transportlaridan biri boʻlgan metro tizimini boshqaradi.
2021-yil may oyi holatiga koʻra, Toshkent metropolitenining umumiy uzunligi 59,5 km, yoʻllari soni 4 ta va bekatlari soni 43 ta.

Metroda haftaning dushanba-juma kunlarida bir kunda 330,000 va shanba-yakshanba kunlarida esa 150,000 nafar yoʻlovchi tashiladi. Toshkent metrosida 4,200 nafar ishchi-xodim yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi.
2021-yil 12-iyundan Rahmonbek Usmonov Toshkent metropoliteni rahbari etib tayinlandi.