
Xotira - aziz, qadr - muqaddas!
Ikkinchi jahon urushi mudhish voqealari mamlakatimiz xalqi boshiga ham juda og‘ir kunlarni solgan. Ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi butun taraqqiyparvar insoniyat qatori 1941-1945 yillarda Ikkinchi jahon urushida faol ishtirok etib, fashizm ustidan qozonilgan buyuk G‘alabani ta’minlashga munosib hissa qo‘shdi. El-yurtimizni urush yillarida ko‘rsatgan mardlik va qahramonligi biz uchun ulkan jasorat maktabi, g‘urur-iftixor manbai bo‘lib, vaqt o‘tgani sayin bu o‘lmas qadriyatlarning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Yoshlarni vatanparvarlik va ona yurtga muhabbat, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat, shonli tariximizni chuqur bilish ruhida tarbiyalash maqsadida 9 may – Xotira va qadrlash kuni arafasida Transport vazirligi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarnnig “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashriflari tashkil etildi.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi e’zoz va ehtiromda
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarning holidan xabar olish hamda ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish maqsadida joylarda turli tadbirlar tashkil etilyapti.
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani "Qovunchi" mahalla fuqarolar yig‘ini Mustaqillik ko‘chasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 98 yoshni qarshilagan Nodir ota Mansurov istiqomat qiladi. Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan faxriylar holidan xabar olish hamda ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish maqsadida Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Shukrullo Mahmudov boshchiligidagi viloyat faollari Nodir ota Mansurov xonadonida bo‘lishdi.
Bayram arafasida Transport vazirligi Toshkent viloyati transport boshqarmasi hamda tumandagi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda otaxon istiqomat qiluvchi xonadonda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Adabiyot xalqimizning tarixini, qadriyatlarimizni asrlardan asrlarga olib o‘tayotgan hayotimizning ajralmas bir bo‘lagidir.
Adabiyot xalqimizning tarixini, qadriyatlarimizni asrlardan asrlarga olib o‘tayotgan hayotimizning ajralmas bir bo‘lagidir. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan adabiyotga, ma’naviyatga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Sohani rivojlantirish, ma’naviy hayotimizda o‘chmas iz qoldirgan atoqli yozuvchi va shoirlarning tarixiy xotirasini abadiylashtirish, yosh avlodning madaniy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Zero, ma’naviylik va ma’rifiylik xalqimizning ko‘p asrlik tarixi davomida doimo uning eng kuchli o‘ziga xos xususiyati bo‘lib kelgan. Joriy yilning 31 mart kuni Transport vazirligida o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent davlat transport universiteti o‘qituvchisi M.Abdullaeva hamda 2-kurs talabasi M.Melibaeva adib hayoti va ijodi to‘g‘risidagi taqdimotlari bilan ishtirok etdi.
.jpg)
Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yildi
Ulug‘ mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda. Mamlakatimizda ulug‘ bobokalonimizga ehtirom ko‘rsatish, asarlarini o‘rganish, uni dunyoda keng targ‘ib etishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.
Bugun poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida buyuk shoir tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda mamlakatimiz ilm-fan namoyondalari, ziyolilar, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, adabiyotshunos olimlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
