Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Axborot xizmati bilan bog'lanish

 

Matbuot kotibi — Ashirmatov Navro'z Omonovich
Telefon: 71-202-05-00 (080),
E-mail: n.ashirmatov@mintrans.uz

 

Matbuot kotibining vazifa va funksiyalari

 

Vazirlik rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

 

Axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;

 

Keng jamoatchilikni Vazirlik faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;

 

Ommaviy axborot vositalari (keyingi o‘rinlarda OAV deb ataladi) bilan o‘zaro hamkorlik qilish, Xizmat bilan doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish;

 

Vazirlikning rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, Internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;

 

Axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi bo‘yicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlash, OAV, shu jumladan, Internet tarmog‘ida materiallar tarqatish bo‘yicha kompleks ishlarni tashkil etish;

 

Vazirlikning boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharxlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

 

Vazirlik faoliyatini xorijiy OAVda sifatli yoritish maqsadida O’zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonlarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O’zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (foto, audio va videomateriallar, bosma mahsulotlar va shu kabilar) bilan ta’minlash;

 

Idora faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining xolati hamda milliy va xorijiy OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida Vazirlik rahbariyatiga axborot berish;

 

Vazirlik faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.

 

Xizmat yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

 

OAVda, shu jumladan, Internet tarmog‘ida axborot e’lon qiladi (chop etadi), shuningdek, ularni rasmiy veb-saytlarda, hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalar va joylarga joylashtirish va yangilab borishni ta’minlaydi;

 

Ommaviy tadbirlarni, shu jumladan, Vazirlik rahbarlari ishtirokidagi tadbirlar (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar)ni tashkil etadi va o‘tkazadi;

 

OAV va jurnalistlarning so‘rovi asosida ularga og‘zaki va yozma shaklda (shu jumladan, elektron hujjat shaklida) axborot taqdim etadi;

 

Qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik muhim dasturlar hamda O’zbekiston Respublikasi hududida huquqni qo‘llash amaliyoti xolati monitoringini olib boradi va keng jamoatchilikni xabardor qilib boradi;

 

Xizmat oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni Vazirlikning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda to‘playdi va ularni puxta ishlaydi;

 

Vazirlik faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha bosma materiallarni tayyorlaydi hamda milliy va xorijiy nashrlarda e’lon qiladi, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etadi, tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshiradi;

 

Vazirlik faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha jamoatchilik fikrini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini o‘rganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshiradi, Vazirlik rahbariyatiga axborot berish uchun e’lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlaydi;

 

OAV bilan axborot-ma’lumotnoma ishlarini amalga oshirish uchun Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarining tizimlashtirilgan ma’lumotlar banki tashkil etilishi va yuritilishini ta’minlaydi;

 

Vazirlik faoliyatini eng to‘liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy OAV hamda jurnalistlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi;

 

Vazirlikning veb-sayti tashkil etilishini va uni zamonaviy darajada yuritishni ta’minlaydi;

 

Vazirlik tomonidan tashkil etiladigan rasmiy tadbirlardan teledasturlar, roliklar va lavhalar tayyorlashda va ularni montaj qilishda ishtirok etadi hamda ushbu materiallarni belgilangan tartibda saqlash uchun ularning arxivlashtirilishini ta’minlaydi;

 

Vazirlik faoliyatiga doir foto, audio va videomateriallarni tayyorlaydi hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va nodavlat OAV bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

 

Vazirlikning faoliyat sohasiga aloqador foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar banki shakllantirilishi va yuritilishini ta’minlaydi.