Departament faoliyatining asosiy yoʼnalishlari, vazifalari va funksional majburiyatlari
Quyidagilar departament asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) havo transportini rivojlantirish sohasida:
havo transporti sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʼrganilishini tashkil etish;
havo transporti sohasida faoliyat monitoringini taʼminlash hamda tahlil etish, ushbu sohada davlat siyosatini, boshqaruv shakllari, usullari
va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
havo transportida yoʼlovchilar va yuk tashishni maqbullashtirish, uning samaradorligini oshirish va oqilona tashkil etish, havo transporti jadal rivojlanishi hamda uning infratuzilmasi barqaror faoliyat koʼrsatishini taʼminlash, havodagi tashuvlar sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish vazifalari kompleks hal etilishini tashkil etish;
havo transporti sohasi faoliyati masalalarida davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar
va tashkilotlarning oʼzaro hamkorligini taʼminlash;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 noyabrdagi «Oʼzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» PF-5584-son Farmonini amalga oshirish doirasida raqobat muhitini shakllantirish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi «Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» PF-5647-son Farmoni va «Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida» PQ-4143-son Karoriga muvofiq havo transporti tizimini yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 noyabrdagi «Oʼzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» PF-5584-son Farmonini amalga oshirish doirasida xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlarni jalb etish,
shu jumladan transport korxonalari ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini ularga sotish orqali ekspert baholashni amalga oshirish,
shu asosda havo transporti parki va aeroport infratuzilmasining modernizatsiya qilinishi va yangilanishini taʼminlash;
havo transporti sohasidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
havo transporti sohasida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʼlidagi toʼsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini taʼminlash va tahlil qilish;
havo transporti sohasini rivojlantirish davlat dasturlari ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish, shu jumladan aeroport infratuzilmasini qurish, rekonstruktsiya qilish, taʼmirlash va saqlash sifati nazorat qilinishini muvofiqlashtirish;
mamlakat havo transportini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʼta muhim va ustuvor yoʼnalishlari boʼyicha yaqin, oʼrta va uzoq muddatli istiqbolga moʼljallangan kontseptsiyalar, dasturlar hamda «yoʼl xaritalari» loyihalarini tayyorlash va Vazirlik rahbariyati huzurida himoya qilish mexanizmlarini joriy qilish;
vazirlik departament, boshqarma va boʼlimlari rahbarlari bilan birgalikda «yoʼl xaritalari»ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, respublika havo transporti sohasidagi muammoli masalalar boʼyicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga, shuningdek, respublika hududlariga safarlari yakunlari boʼyicha tasdiqlanadigan
«yoʼl xaritalari»ning Departament vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan bajarilishini tizimli nazorat kilinishini muvofiqlashtirish;
“yoʼl xaritalari” amalga oshirilishi toʼgʼrisida idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan batafsil maʼlumot, material va hisobotlar taqdim etilishini taʼminlash va ularni muhokama qilish uchun Vazirlik hayʼati yigʼilishlariga kiritish;
tegishli choralar koʼrish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʼrganish;
Oʼzbekiston Respublikasi aviatashuvchilarini tayinlash;
xorijiy fuqaro havo kemalarining bir martalik va muntazam parvozlariga ruxsatnomalar berilishini tashkil etish va nazorat qilish;
hukumatlararo va idoralararo shartnoma va bitimlarni tuzish va ularni oʼzgartish boʼyicha xorijiy davlatlar aviatsiya maʼmuriyatining takliflarini tahlil qilish.
b) aeroportlar va yer usti taʼminotini rivojlantirish sohasida:
aeroportlarning uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
aeroportlar infratuzilmasini takomillashtirish uchun investitsiyalarni,
shu jumladan aeroportlarni boshqarish sohasida davlat-xususiy sheriklik
va yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik qilish mexanizmlaridan foydalangan holda jalb qilish;
aeroportlarda aviatashuvchilar yoʼlovchilariga yuqori darajada xizmat koʼrsatilishini taʼminlash, ular uchun barcha zarur qulay shart-sharoitlarni yaratish;
aeroportlar tegishli xizmatlarining samarali faoliyat koʼrsatishini taʼminlash, yoʼlovchilar, yuk, pochta va bagajga xizmat koʼrsatish jarayonini optimallashtirish;
aerodromlarni parvozlarga oʼz vaqtida va sifatli tayyorlashni muvofiqlashtirish, parvozlarning muntazamligi va xavfsizligini taʼminlash boʼyicha tadbirlarni amalga oshirish, aerodromlarni taʼminlash va ularni taʼmirlashning zamonaviy usullari joriy etilishini tashkil qilish;
yangi aeroport va obʼektlarni qurish, shuningdek amaldagilarini rekonstruktsiya qilish boʼyicha loyiha hujjatlari ekspertizasida ishtirok etish;
havo kemalariga yoqilgʼi quyish va xizmat koʼrsatish uchun foydalaniladigan yoqilgʼi va boshqa yoqilgʼi-moylash materiallari bilan uzluksiz taʼminlashni muvofiqlashtirish, shuningdek, ularning sifatini qatʼiy nazorat qilish;
havo kemalariga texnologik xizmat koʼrsatish uchun maxsus avtotransport bilan taʼminlashni muvofiqlashtirish;
logistika sohasida xizmatlarni sifatli koʼrsatish uchun infratuzilmani takomillashtirish va qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aeroportlarda savdo, ovqatlanish, yoʼlovchilarga bank va boshqa xizmatlar koʼrsatuvchi zamonaviy obʼektlar tarmogʼini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida rivojlanishini tashkil etish.
Departament oʼziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
Oʼzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari ijrosi muntazam ravishda oʼrganilishi va nazorat qilinishini taʼminlaydi, Vazirlik rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
havo transporti sohasida islohotlarning amalga oshirilishini oʼrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida Vazirlik hayʼatining mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini oʼtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Vazirlik hayʼati majlislarida Vazirlik rahbariyati huzurida koʼrib chiqish uchun Departament yuritadigan sohaga oid rejalashtirilgan masalalarni kiritadi;
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʼta muhim
va ustuvor yoʼnalishlari boʼyicha yaqin, oʼrta va uzoq muddatli istiqbolga moʼljallangan kontseptsiyalar, davlat dasturlari hamda «yoʼl xaritalari» loyihalarining tayyorlanishini taʼminlaydi;
boshqarmalar, boʼlimlar va hududiy boʼlinmalarda ijro intizomining holatini tahlil qiladi, tahlil natijalari haqida Vazirlik rahbariyatiga axborot beradi;
Oʼzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi «yoʼl xaritalari», qarorlari loyihalarining kompleks va sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, ularning manfaatdor davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlik tarkibiy boʼlinmalari bilan kelishuvini taʼminlaydi;
yuklangan vazifalarga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlarining Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan oʼzaro hamkorlik qilishini taʼminlaydi;
Departament oʼzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar toʼgʼrisidagi axborotni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Vazirlik rahbariyati uchun tegishli maʼlumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
havo transportini rivojlantirish masalalari boʼyicha maʼlumotlar bazasi tashkil etilishi, yuritilishi, muntazam toʼldirib borilishi va yangilanishini taʼminlaydi;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʼzbekiston Respublikasining
Bosh vaziri, uning oʼrinbosarlari, maslahatchilari oʼtkazadigan majlislarga, shuningdek, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʼyicha Vazirlar Mahkamasi majlislariga tayyorgarlik koʼrish bilan bogʼlik materiallarni ishlab chiqishda va qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli protokol qarorlari ijrosi nazoratini taʼminlaydi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqadi
va ularda qoʼyilgan masalalarni hal etish boʼyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarga koʼrib chiqish va choralar koʼrish uchun yuboradi, ularning oʼz vaqtida koʼrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi;
havo transportini rivojlantirish dasturlari loyihalari jamoatchilik tomonidan muhokama qilinishini, ular boʼyicha takliflar va xulosalar umumlashtirilishini tashkil etadi, ularning puxta ishlab chiqilishini va Vazirlik rahbariyati huzurida himoya qilinishini, oʼz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlashga yoʼnaltirilgan oldini oluvchi choralar qabul qilish hamda amalga oshirilishi muvofiqlashtirilishi va tizimli nazorat qilinishini, zarur tuzatishlar oʼz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
xalqaro hamkorlik va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, havo transportini rivojlantirish masalalari boʼyicha arxiv va boshqa materiallarni yigʼish, tizimlashtirish va har tomonlama tahlil qilish boʼyicha kompleks ishlarni tashkil etadi;
bajarilishi uchun masʼuliyat Departament yuklanadigan masalalar va vazifalar hal etilishini taʼminlaydi;
Departament oʼziga yuklangan boshqa funktsiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.
a) havo transportini rivojlantirish sohasida:
havo transporti sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʼrganilishini tashkil etadi;
havo transporti sohasida faoliyat monitoringini taʼminlash hamda tahlil etish, ushbu sohada davlat siyosatini, boshqaruv shakllari, usullari
va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
havo transportida yoʼlovchilar va yuk tashishni maqbullashtirish, uning samaradorligini oshirish va oqilona tashkil etish, havo transporti jadal rivojlanishi hamda uning infratuzilmasi barqaror faoliyat koʼrsatishini taʼminlash, havodagi tashuvlar sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish vazifalari kompleks hal etilishini tashkil etadi;
havo transporti sohasi faoliyati masalalarida davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar
va tashkilotlarning oʼzaro hamkorligini taʼminlaydi;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 noyabrdagi «Oʼzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» PF-5584-son Farmonini amalga oshirish doirasida raqobat muhitini shakllantirish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi «Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» PF-5647-son Farmoni va «Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida» PQ-4143-son Qaroriga muvofiq havo transporti tizimini yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 noyabrdagi «Oʼzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» PF-5584-son Farmonini amalga oshirish doirasida xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini,
shu jumladan transport korxonalari ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini ularga sotish orqali ekspert baholashni amalga oshiradi, shu asosda havo transporti parkining modernizatsiya qilinishi va yangilanishini taʼminlaydi;
havo transporti sohasidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshiradi;
havo transporti sohasida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʼlidagi toʼsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini taʼminlaydi va tahlil qiladi;
havo transporti sohasini rivojlantirish davlat dasturlari ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish, shu jumladan aeroport infratuzilmasini qurish, rekonstruktsiya qilish, taʼmirlash va saqlash sifati nazorat qilinishini muvofiqlashtiradi;
mamlakat havo transportini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʼta muhim va ustuvor yoʼnalishlari boʼyicha yaqin, oʼrta va uzoq muddatli istiqbolga moʼljallangan kontseptsiyalar, dasturlar hamda «yoʼl xaritalari» loyihalarini tayyorlaydi va Vazirlik rahbariyati huzurida himoya qilish mexanizmlarini joriy qiladi;
vazirlik boshqarma va boʼlimlari rahbarlari bilan birgalikda «yoʼl xaritalari»ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, respublika havo transporti sohasidagi muammoli masalalar boʼyicha takliflar tayyorlanishini tashkil etadi;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga, shuningdek, respublika hududlariga safarlari yakunlari boʼyicha tasdiqlanadigan
«yoʼl xaritalari»ning Departament vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan bajarilishini tizimli nazorat kilinishini muvofiqlashtiradi;
“yoʼl xaritalari” amalga oshirilishi toʼgʼrisida idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan batafsil maʼlumot, material va hisobotlar taqdim etilishini taʼminlash va muhokama qilish uchun Vazirlik hayʼati yigʼilishlariga kiritadi;
tegishli choralar koʼrish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʼrganadi;
ichki va xalqaro yoʼnalishlarda muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun Oʼzbekiston Respublikasining aviatashuvchilarini tayinlaydi;
Oʼzbekiston Respublikasi aviatashuvchilarining yangi xalqaro havo yoʼnalishlarini ochish va mavjudlarini yanada rivojlantirish boʼyicha takliflarini koʼrib chiqadi va xulosalar beradi;
havo qatnovi toʼgʼrisidagi hukumatlararo bitimlarga muvofiq tashkil etilgan marshrutlar boʼyicha xorijiy aviakompaniyalarning muntazam xalqaro reyslarini bajarish dasturini (jadval) tasdiqlaydi;
havo qatnovi toʼgʼrisidagi hukumatlararo bitimlarga muvofiq xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan havo kemalarining yoʼnalishlari
va parvozlar takroriyligini, tomonlar taqdim etgan havo kemalari turlarini, tashish sigʼimlari va xalqaro havo transporti uchun kvotalarni, shuningdek ularni amalga oshirish shartlari kelishilishini amalga oshiradi, koʼrsatilgan bitimlar ilovalariga oʼzgartirish va qoʼshimchalarni ishlab chiqadi;
xorijiy davlatlar aviatsiya maʼmuriyati va delegatsiyalari bilan havo qatnovi masalalari boʼyicha tashkil etilgan konsulьtatsiya va muzokaralarda qatnashadi.
b) aeroportlar va yer usti taʼminotini rivojlantirish sohasida:
aeroportlarning uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
aeroportlar infratuzilmasini takomillashtirish uchun investitsiyalarni,
shu jumladan aeroportlarni boshqarish sohasida davlat-xususiy sheriklik
va yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik qilish mexanizmlaridan foydalangan holda jalb qiladi;
aeroportlarda aviatashuvchilar yoʼlovchilariga yuqori darajada xizmat koʼrsatilishini taʼminlaydi, ular uchun barcha zarur qulay shart-sharoitlarni yaratadi;
aeroportlar tegishli xizmatlarining samarali faoliyat koʼrsatishini taʼminlaydi, yoʼlovchilar, yuk, pochta va bagajga xizmat koʼrsatish jarayonini optimallashtiradi;
aerodromlarni parvozlarga oʼz vaqtida va sifatli tayyorlashni muvofiqlashtiradi, parvozlarning muntazamligi va xavfsizligini taʼminlash boʼyicha tadbirlarni amalga oshiradi, aerodromlarni taʼminlash va ularni taʼmirlashning zamonaviy usullari joriy etilishini tashkil qiladi;
yangi aeroport va obʼektlarni qurish, shuningdek amaldagilarini rekonstruktsiya qilish boʼyicha loyiha hujjatlari ekspertizasida ishtirok etadi;
havo kemalariga yoqilgʼi quyish va xizmat koʼrsatish uchun foydalaniladigan yoqilgʼi va boshqa yoqilgʼi-moylash materiallari bilan uzluksiz taʼminlashni muvofiqlashtiradi, shuningdek, ularning sifatini qatʼiy nazorat qiladi;
havo kemalariga texnologik xizmat koʼrsatish uchun maxsus avtotransport bilan taʼminlashni muvofiqlashtiradi;
logistika sohasida xizmatlarni sifatli koʼrsatish uchun infratuzilmani takomillashtirish va qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
aeroportlarda savdo, ovqatlanish shahobchalari, yoʼlovchilarga bank
va boshqa xizmatlar koʼrsatuvchi zamonaviy obʼektlar tarmogʼi, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida rivojlanishini tashkil etadi.