Manzil:
Zulfiyaxonim ko'chasi, 3-uy
Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi toʼgʼrisidagi nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
2-bob. Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari, funktsiyalari, huquqlari va majburiyatlari
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun hujjatlari talablari ijrosini taʼminlash, vazirlik zimmasiga yuklangan hamda ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxl qiluvchi vazifalar va funktsiyalarni bajarish, davlat xizmatlarini koʼrsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni roʼyobga chiqarish boʼyicha vazirlik va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
birgalikda muloqot qilish, Transport vazirligining nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini taʼminlash;
Vazirlikka nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni umumlashtirish va baholash;
fuqarolarning huqukdari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi eng muhim masalalar yuzasidan vazirlikning faoliyati haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish va har tomonlama tahlil qilish, sotsiologik soʼrovlar oʼtkazish, jumladan ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʼtkazish;
Vazirlik faoliyatida korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha olib borilgan ishlar ustidan monitoring va tahlil oʼtkazish, shuningdek, ularning natijalari boʼyicha takliflar tayyorlash;
Transport vazirligi faoliyatining ochiqligini taʼminlash boʼyicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni monitoring qilish, uning faoliyati toʼgʼrisida batafsil axborot olish imkoniyatlarini tahlil qilish, ularni yanada kengaytirish boʼyicha takliflar ishlab chiqish;
vazirlik faoliyatini isloh etish boʼyicha fuqarolar ishtirok etishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʼrganish va ularni yaxshilash boʼyicha takliflar ishlab chiqish;
fuqarolar oʼrtasida oʼtkaziladigan tushuntirish ishlari va maʼnaviy- maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etish, ularning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
vazirlikning faoliyatiga doir masalalar yuzasidan fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining tashabbuslari hamda murojaatlarini koʼrib chiqishda ishtirok etadi, shuningdek, ularni koʼrib chiqish natijalari boʼyicha vazirlikga tegishli takliflar kiritadi;
fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʼzaro hamkorligini tahlil qiladi, shuningdek, hamkorlikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
vazirlik faoliyatiga taalluqli uning normativ-huquqiy hujjatlari va qarorlarini takomillashtirish, ulardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʼyicha takliflar ishlab chiqadi, shuningdek, kiritilgan takliflarni mazkur vazirlik xodimlari oʼrtasida muhokama qilishga bagʼishlangan tadbirlarni tashkil etishda qatnashadi;
davlat dasturlari loyihalarini, tadbirlar rejalarini va vazirlik faoliyatiga taalluqli, shu jumladan korruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisidagi boshqa hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, qabul qilingan dasturlarni amalga oshirishda vakolatlari doirasida ishtirok etadi, bajarilgan ishlarning samaradorligini taxlil qiladi, shuningdek, yoʼlqoʼyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
vazirlikka nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni koʼrib chiqadi;
Transport vazirligi rahbarlari va xodimlarining fuqarolar bilan uchrashuvlarini, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʼrib chiqish bilan bogʼliq ishlarni tashkil etishda, shu jumladan joylarga borib tashkil etishda qatnashadi, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring oʼtkazadi;
vazirlik xodimlari va ular oilalarining uy-joy, ijtimoiy-maishiy, xizmat shart-sharoitlarini, ularga malakali tibbiy yordam koʼrsatish sharoitlarini yaxshilashda, shuningdek, ishdan boʼshatilgan yoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslashtirish muammolarini hal etishda koʼmaklashadi;
vazirlik va uning hududiy boʼlinmalarida va tasarrufidagi tashkilotlarida sogʼlom ishchanlik muhitini rivojlantirish, qonuniylikni, yuksak huquqiy madaniyat va axloqiylikni taʼminlash, xodimlarda Vatanga sodiqlik ruhini va qonunlarga boʼlgan hurmatni kuchaytirish, ularni ijtimoiy, siyosiy, ruhiy va maʼnaviy-maʼrifiy kamol toptirish, shuningdek, mazkur sohadagi ilmiy-maʼrifiy va oʼquv adabiyotlarini takomillashtirish boʼyicha takliflar ishlab chiqadi;
mamlakatda va xorijda keng jamoatchilikni vazirlik faoliyatini isloh qilish boʼyicha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar haqida muntazam ravishda xabardor qilishni taʼminlaydi hamda mavjud muammolarni hal qilish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
vazirlik faoliyatiga bagʼishlangan ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar, davra suhbatlarini tashkil etishda ishtirok etadi;
vazirlik faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish boʼyicha bajarilayotgan ishlarning natijalarini tahlil qiladi; oʼziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qiladi.
vazirlik tomonidan tashkil etiladigan boʼlajak ochiq hayʼat majlislari va boshqa ommaviy tadbirlar toʼgʼrisidagi axborotni oldindan olish hamda mazkur tadbirlarda ishtirok etish;
vazirlikning, jumladan uning hududiy boʼlinmalari va tasarrufidagi tashkilotlarining binolari (xonalari) va boshqa obʼektlarini vazirlik tomonidan belgilangan tartibda borib koʼrish;
vazirlik, uning hududiy boʼlinmalari va tasarrufidagi tashkilotlari rahbarlariga jamoatchilik kengashi vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar kiritish;
vazirlik faoliyati samaradorligini oshirish boʼyicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun zarur boʼlganvazirlikning axborotlari, statistika va boshqa materiallarini belgilangan tartibda olish;
vazirlikning qonun ijodkorligi faoliyatida, vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik va ekspertlar muhokamasini taʼminlashda ishtirok etish; jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlariga vazirlik tomonidan berilgan javoblarning sifatini tanlab olgan holda taxdil qilish;
vazirlik xodimlarining roziligi bilan ularning uy-joy, ijtimoiy- maishiy va xizmat shart-sharoitlari bilan tanishish;
jamoatchilik kengashi majlislarida muhokama qilinadigan masalalarni yoritish boʼyicha ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish;
yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun konferentsiyalar, forumlar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish huquqiga ega.
Jamoatchilik kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlishi mumkin.
jamoatchilik nazorati toʼgʼrisidagi qonun hujjatlari talablariga, vazirlik faoliyati bilan bogʼliq qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarga rioya qilishi;
vazirlik va uning mansabdor shaxslarining oʼz vakolatlari doirasida amalga oshiradigan faoliyatiga aralashmasligi, ular faoliyat koʼrsatishi uchun toʼsqinlik qilmasligi;
fuqarolarning or-nomusi va qadr-qimmatini tahqirlashga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʼl qoʼymasligi;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish davomida olingan axborotning, agar bunday axborotni tarqatish qonun bilan cheklangan boʼlsa, maxfiyligiga rioya qilishi shart.
Jamoatchilik kengashining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʼlishi mumkin.
3-bob. Jamoatchilik kengashining tarkibini shakllantirish va ishini tashkil etish tartibi
ular tomonidan jamoatchilik kengashi tarkibidan chiqish toʼgʼrisida ariza berilganda;
jamoatchilik kengashining majlislarida muntazam ravishda ishtirok etmaganda, mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganda;
ularga nisbatan chiqarilgan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
vafot etganda, shuningdek, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida ular muomalaga layoqatsiz, bedarak yoʼqolgan yoki vafot etgan deb topilganda.
jamoatchilik kengashining faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, majlislarini chaqiradi va kun tartibini belgilaydi, majlislarda raislik qiladi;
jamoatchilik kengashining ish rejasini, majlisi bayonnomasini va boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi, qarorlarining ijrosini nazorat qiladi;
jamoatchilik kengashi aʼzolarining zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishini muvofiqlashtiradi;
vazirlikning rasmiy veb-saytida va boshqa resurslarda joylashtiriladigan jamoatchilik kengashining faoliyati toʼgʼrisidagi maʼlumotlar tarkibi boʼyicha takliflar kiritadi va uni vazirlik rahbari bilan kelishadi;
jamoatchilik kengashi qarorlarini bajarish masalalari yuzasidan vazirlik rahbari bilan hamkorlik qiladi;
jamoatchilik kengashining samarali ishini taʼminlash boʼyicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
jamoatchilik kengashi qarorlarining ijrosini nazorat qilish boʼyicha ishlarni tashkil etadi;
fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, jamoatchilik kengashi faoliyatiga taalluqli murojaatlarni koʼrib chiqish boʼyicha ishlarni tashkil etadi;
jamoatchilik kengashining samarali ishlarini taʼminlash boʼyicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
jamoatchilik kengashining faoliyatini uslubiy, tashkiliy-huquqiy va tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash masalalarini hal qiladi;
jamoatchilik kengashining navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallar oʼz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi, vazirlik xodimlaridan zarur hujjatlar va maʼlumotlarni soʼrab oladi;
kun tartibiga muvofiq jamoatchilik kengashi majlislari oʼtkazilishini tashkil etadi;
jamoatchilik kengashi oʼtkaziladigan sana, joy va taklif etiladigan shaxslar roʼyxatini jamoatchilik kengashining raisi bilan kelishadi;jamoatchilik kengashining aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni jamoatchilik kengashi majlisi oʼtkaziladigan joy, sana va vaqt haqida xabardor qiladi;
jamoatchilik kengashi qarorlarining ijro etilishi ustidan monitoring olib boradi va uning natijalarini jamoatchilik kengashi majlisida koʼrib chiqish boʼyicha takliflar kiritadi;
jamoatchilik kengashi majlisining bayonnomasini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomaning jamoatchilik kengashi aʼzolari hamda boshqa manfaatdor shaxslarga joʼnatilishini taʼminlaydi;
jamoatchilik kengashining samarali- ishlashini taʼminlash boʼyicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Jamoatchilik kengashining majlisida ishtirok etish imkoni boʼlmagan holatlarda, uning aʼzosi majlis kun tartibidagi masalalar boʼyicha oʼz fikrini yozma shaklda yuborishi mumkin. Bunda uning fikri majlisda koʼrib chiqiladi va ovoz berishda hisobga olinadi.
Jamoatchilik kengashining aʼzolari:
oʼz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun vazirlik tomonidan tashkil etiladigan hayʼat majlislarida va boshqa ommaviy tadbirlarda ishtirok etadi;
jamoatchilik kengashi ish rejalarining loyihalarini tayyorlaydi, ularni jamoatchilik kengashida koʼrib chiqish uchun kiritadi va tasdiqlangan ish rejalari bajarilishini taʼminlaydi;
vazirlik faoliyatining samaradorligini oshirish boʼyicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda qatnashadi;
vazirlik xodimlari, ularning oila aʼzolari bilan uchrashuvlar oʼtkazadi va ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʼyicha takliflarni jamoatchilik kengashiga kiritadi;
jamoatchilik kengashining kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan taxdiliy materiallar tayyorlaydi;
jamoatchilik kengashining vakolatiga kiradigan masalalar bilan bogʼliq murojaatlarni koʼrib chiqadi va natijalari boʼyicha tegishli hujjatlarni tayyorlaydi;
jamoatchilik kengashining zimmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Jamoatchilik kengashining raisi jamoatchilik kengashi aʼzolarining uchdan bir qismining yozma murojaati asosida uning navbatdan tashqari majlisini chaqirishi mumkin.
Jamoatchilik kengashining majlisida vazirlik rahbari, uning oʼrinbosarlari va boshqa xodimlar ishtirok etishi mumkin.
Majlisni oʼtkazish uchun kvorum shakllanmagan takdirda, jamoatchilik kengashining yangi majlisi oʼtkaziladigan sana eʼlon qilinadi.
Vazirlik jamoatchilik kengashining qabul qilgan qaroriga qoʼshilmagan hollarda, jamoatchilik kengashining qarorini olgan kundan boshlab oʼn kundan kechikmay unga asoslantirilgan eʼtirozini yozma shaklda yuboradi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar