Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Gender tenglik-asosiy inson huquqlaridan biri

Gender – xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihat hisoblanadi.

Gender tenglik tushunchasi jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta’lim, ilm-fan, sport munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarining tengligini anglatadi.

Gender tenglikni ta’minlashning asosiy tamoyillari

  1. Qonuniylik;
  2. Demokratiya;
  3. Ochiqlik;
  4. Oshkoralik.

Davlat xizmatidagi rahbarlik lavozimlarini egallash uchun tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning teng ravishda ishtirok etishi O‘zbekiston qonunchiligi bilan kafolatlangan.