Choriyev Jasurbek Ergashevich – 1978 yil Surxondaryo viloyati, Denov tumanida tug‘ilgan.
Ma’lumoti – oliy. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Boulder shahridagi Kolorado universiteti (AQSH) va Toshkent davlat aviatsiya institutlarini (magistratura) tamomlagan. Ma’lumoti bo’yicha operatsion va aviatsiya menejmenti mutaxassisligini egallagan.
Choriyev Jasurbek Ergashevich ilk mehnat faoliyatini Chkalov nomli aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi birinchi darajali mutaxassisligidan boshlagan. So‘ngra u bir qator chet davlatlarining aviakorxonalarida faoliyatini davom ettirgan:
Jumladan, “Coyne Airways” aviakompaniyasida sotuvlar bo‘yicha menedjeri va boshqaruv direktori (Dubay, London, BAA), “SRS Air and Dulles World” aviakompaniyasida global sotuvlar va xalqaro operatsiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti (Virjiniya, AQSh), “UKAS” aviakorxonasi vitse-prezidenti (Dubay, BAA), “Versatile Aviation” aviakorxonasi boshlig‘i (Sharja, BAA).
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligidagi ilk mehnat faoliyatini 2019 yilda Aeroportlarni rivojlantirish va yer usti ta’minoti boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i va Havo transportini rivojlantirish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi bo‘lib boshlagan. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari.