O' Z B E K I S T O N   R E S P U B L I K A S I
T R A N S P O R T   V A Z I R L I G I

Salomatlik rukni

Salomatlik rukni

Sogʼlom turmush tarzi farovon hayot asosi.


      Transport vazirligi ishchi xodimlari oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini keng targʼib qilish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʼullanishga jalb etish maqsadida “Sogʼlom turmush tarzi farovon hayot asosi” shiori ostida turli-tuman sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

      Ishchi xodimlarning jismoniy rivojlanishi orqali mehnat unumdorligi va samarali ish faoliyatiga erishish maqsadida vazirlik birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasi tomonidan dam olish kunlari muntazam ravishda vazirlik markaziy apparati xodimlari oʼrtasida mini futbol boʼyicha musobaqalar oʼtkazilmoqda.

      – Bugungi musobaqa orqali hamkasblar bilan sogʼlom raqobatda belashdik. Аgar inson sogʼlom boʼlsa, ishida ham unum boʼldi , – deydi F. Narxoʼjaev. – Xalqimizda sogʼ tanda sogʼlom aql, degan gap bejizga aytilmagan.

 

“Chimyon” yoshlar oromgohida ikki kunlik dam olishlari tashkil etildi.

      Inson salomatligi buyuk neʼmat, hozirgi pandemiya paytida sogʼliqdan muhim neʼmat yoʼq ekanini barchamiz qalbdan his etyapmiz. Turli-tuman kasalliklarga qarshi kurashishda birinchi galda immun tizimi mustahkam boʼlishi, tana doimiy harakatda boʼlishi talab etiladi. Sogʼlom turmush tarzi esa bu — har qanday kasalliklar profilaktikasi va salomatlik, kuch-quvvat garovidir.

      Transport vazirligi tomonidan ishchi xodimlar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini keng targʼib qilish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʼullanishga jalb etish maqsadida “Sogʼlom turmush tarzi - farovon hayot asosi” shiori ostida turli-tuman tadbirlar tashkil etilmoqda.

      Xodimlarning dam olish kunlarini mazmunli oʼtkazib tabiat qoʼynida maroqli hordiq chiqarishi, shuningdek, oilalarida sogʼlom turmush tarzi poydevorini shakllantirish uchun sharoit yaratish maqsadida vazirlik birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasi tomonidan bir guruh yosh ishchi xodimlarning Toshkent viloyati, Boʼstonliq tumanida joylashgan “Chimyon” yoshlar oromgohida ikki kunlik dam olishlari tashkil etildi.

     Oromgohda dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli-tuman sport musobaqalari, maʼnaviy – maʼrifiy kechalar, shuningdek, “Team building” dasturi doirasida xodimlar oʼrtasida oʼzaro koʼmak, ishonch hamda ruhlantirish hususiyatlarini shakllantirishga yoʼnaltirilgan tadbirlar oʼtkazilmoqda.

      – Аsosiy maqsadimiz xodimlarimizning salomatligini mustahkamlash, bu orqali esa ish faoliyati davomida mehnat unumdorligi va samaradorlikka erishishdan iborat, – deydi F. Norxoʼjaev.

          – Sogʼlom turmush tarziga rioya etish insonning turli qirralarini rivojlantirish, muvaffaqiyatga erishish garovidir.

Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
A'zo bo'lish