Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
15.11.2022 2153 Yangiliklar

 

Bugun, 15 -noyabr kuni Transport vaziri Ilhom Mahkamov Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo infrastrukturasi bo‘yicha mintaqaviy direktori Charlz Korme boshchiligidagi Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashdi.

 

Uchrashuv davomida tomonlar Jahon banki ko‘magida mamlakatimiz transport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

 

Xususan, Jahon banki ishtirokida temir yo‘l va havo transporti sohasini isloh qilish, shuningdek, transport va yo‘l infratuzilmasi sohasida DXSh asosidagi loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.