Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yashil shaharlar: kelajak shaharlari uchun barqaror yechimlar

Chop etish Sahifani ulashish
16.05.2023 2646 Yangiliklar

Bugun Samarqandda YeTTB’ning yillik majlisi va biznes forumi boshlandi. Birinchi kun doirasida YeTTB’ning “Yashil shaharlar: kelajak shaharlari uchun barqaror yechimlar” panel muhokamasi o'tkazildi.

 

Unda joriy yil Samarqand shahri uchun 100 ta zamonaviy elektrobuslarni xarid qilinishi alohida qayd etib o’tildi. Eslatib o’tamiz, shu yilning 6-may kuni Samarqand shahriga elektrobuslarning dastlabki 6 tasi olib kelingan.

 

Ta'kidlash kerakki, YeTTBning ushbu loyihasi bugungi kunda ekologik toza shahar jamoat transporti tizimini yaratish bo'yicha mintaqada amalga oshirilayotgan eng yirik loyihalardan biri hisoblanadi.

 

Loyihaning asosiy maqsadi havoning ifloslanishi va zararli gazlar chiqish miqdorini kamaytirish, yo’llarda shovqin darajasini pasaytirish hisoblanadi. Loyiha doirasida 2025-yilning dekabriga qadar 2362 tonna zararli gazlarning havoga chiqarilishi oldi olinadi. Loyiha natijasida 550 ming mahalliy aholining jamoat transportiga bo’lgan ehtiyoji qoplanishi rejalashtirilgan.

 

Panel muhokamasida Markaziy Osiyo va umuman mintaqada barqaror infratuzilma loyihalarini yaratish va kengaytirishga qaratilgan loyihalar namunalari taqdim etildi. Panel ishtirokchilari barqaror infratuzilma loyihalarni qo'llab-quvvatlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash uchun xususiy sektorni jalb qilish maqsadida rejalarni muhokama qildilar.