Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vazirligi delegatsiyasi Seulda sohaviy uchrashuvlarni o'tkazmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
31.05.2023 1906 Yangiliklar

 

Transport vaziri Ilxom Maxkamov Koreya Respublikasi yer, infratuzilma va transport vaziri Xi Reng Von bilan uchrashdi. Uchrashuv doirasida vazirlar transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar, unda fuqaro aviatsiyasi sohasidagi munosabatlarning ijobiy dinamikasi alohida qayd etildi.

 

Tomonlar ikki mamlakat o'rtasida parvozlar geografiyasini kengaytirishni davom ettirishga kelishib oldilar. Shuningdek, o'z tashrifi doirasida Ilxom Maxkamov Koreya avtomobil yo'llari korporatsiyasining tezkor magistral yo'llar boshqarmasi markaziga tashrif buyurdi.

 

Bugungi kunda ushbu markazda Koreyaning magistral avtomobil yo'llarini (taxminan 5000 km) 24 soat davomida boshqarish va nazorat qilishni amalga oshiradi. Markazga tashrifi yakunida tomonlar O'zbekiston poytaxtida jamoat transporti sohasida ham xuddi shunday markazni barpo etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.