Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vazirligi delegatsiyasi ICAO simpoziumida ishtirok etmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
31.05.2023 1411 Yangiliklar

 

Transport vaziri Ilxom Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya 2023-yil 30-maydan 1-iyungacha Koreya Respublikasining Seul shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) tomonidan tashkil etilgan Joriy etishni qo‘llab-quvvatlash global simpoziumida (GISS) ishtirok etmoqda.

 

Ushbu tadbir ICAO Jahon aviatsiya forumi (IWAF), Aviatsiya hamkorligi bo‘yicha global simpozium (GACS) va TRAINAIR PLUS global aviatsiya treningini o‘zida birlashtirib, uning doirasida eng so‘nggi innovatsiyalar, operatsion yechimlar va aviatsiya barqarorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikdagi sa’y-harakatlar ko‘rib chiqiladi.

 

Simpozium doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro aviatsiya standartlarini samarali joriy etishga ko‘maklashuvchi mintaqaviy, global va davlat strategiyalarini muhokama qiluvchi davra suhbatida ham ishtirok etdi. Ushbu davra suhbatida ICAO bilan xalqaro fuqaro aviatsiyasining rivojlanishini tezlashtirish va barqarorligini oshirish uchun resurslarni safarbar qilish bo'yicha sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlash, aviatsiya xodimlarining malakasini oshirish masalalari muhokama etiladi.

 

ICAOning O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini rivojlantirishdagi rolini alohida ta‘kidlash muhimdir. 1992-yil 3-iyulda O‘zbekiston Parlamenti tomonidan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi konvensiya ratifikatsiya qilingan va 1992-yil 12-noyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi tegishli majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan holda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (ICAO) to‘la huquqli a’zosiga aylangan. O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari va respublikaning fuqaro aviatsiyasi sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlari ICAO xalqaro standartlari asosida qabul qilinadi, bu esa parvozlar xavfsizligini uzluksiz ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tashkiloti bilan hamkorlik doirasida Parvozlar xavfsizligini ta’minlash nazoratini tashkil etish tekshiruvlarini o‘tkazish bo‘yicha ICAO Universal dasturida, shuningdek, Tashkilotga a’zo davlatlarda aviatsiya xavfsizligi sohasida tekshirishlar o‘tkazish dasturida ishtirok etadi. Mamlatimiz fuqaro aviatsiyasini rivojlantirishda ICAO bilan hamkorlikning roli katta.