Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

TDTU hamda Koreya milliy transport universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Chop etish Sahifani ulashish
10.02.2022 3368 Yangiliklar

 

Bugun, 10 - fevral kuni Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Abduraxmanov Koreya milliy transport universiteti prezidenti Jun-Hun Park bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Onlayn shaklda bo‘lib o‘tgan muloqotda universitetlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Uchrashuv davomida hamkorlikda zamonaviy kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Odil Abduraxmanov ikki OTM professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruhini tuzish hamda ularni kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni onlayn muhokama qilish taklifini bildirdi. Ushbu taklifni koreyalik hamkorlar qo‘llab-quvvatlashdi va ishchi guruh o‘z faoliyati boshladi.

Ma’lumot uchun: Koreya milliy transport universiteti 1905 - yilda tashkil topgan. Talabalari soni 8462 ta, xalqaro talabalar 117 ta, professor-o‘qituvchilar 943 tani tashkil etadi. Universitetning 8 ta fakulteti mavjud bo‘lib, u Koreyadagi eng nufuzli universitetlardan biri bo‘lib hisoblanadi.