Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Pokistonning TCS transport-logistika kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish niyatida

Chop etish Sahifani ulashish
03.08.2022 2939 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov Pokistonning yirik transport-logistika kompaniyasi TCS raisi Xolid Avan bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda tomonlar transport-logistika sohasida hamkorlikdagi aloqalarni rivojlantirish, O‘zbekistondan Pokiston hududi orqali xalqaro dengiz portlariga olib chiquvchi transport koridori bo‘ylab barqaror yuk tashuvlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.

 

Pokiston tomoni O‘zbekiston Respublikasining xalqaro transport yo‘laklarini diversifikatsiya qilish, mintaqa tranzit salohiyatini yaxshilash va janubiy yo‘nalish bo‘ylab Pokistonga/dan xavfsiz va barqaror yuk tashuvlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha olib borayotgan sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

 

Xolid Avan O‘zbekistonda doimiy faoliyat yuritishni yo‘lga qo‘yish va Markaziy Osiyo mintaqasidan yuk tashuvlarini tashkil etish maqsadida mamlakatimizda TCS kompaniyasi vakolatxonasini ochish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

 

Shu bilan birga Xolid Avan o‘zaro hamkorlik aloqalari doirasida TCS kompaniyasi o‘zbekistonlik talabalarni Pokiston oliy o‘quv yurtlarida transport-logistika sohasida tahsil olishini tashkil etish bo‘yicha moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishini ta’kidlab o‘tdi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va yuk tashish shartlarini yaxshilashga qaratilgan amaliy sa’y-harakatlarni davom ettirishga kelishib oldilar.