Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Zangilonda Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar transport vazirlarining 7-yigʻilishi boʻlib oʻtdi  

Chop etish Sahifani ulashish
16.11.2023 1351 Yangiliklar

2023-yilning 16-noyabr kuni Zangilon shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) aʼzo davlatlar transport vazirlarining 7-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

 

Uchrashuvda transport sohasidagi hamkorlikni faollashtirish, tashkilotga a’zo davlatlar oʻrtasida tranzit tashuvlari jarayonini raqamlashtirish va boshqa masalalar muhokama etildi.

 

Yigʻilishda O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilxom Maxkamov tashkilotga a’zo davlatlar oʻrtasida transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator takliflarni ilgari surdi.

 

Xususan,

 

Temir yo‘l ma’muriyatlari rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishida Tashkilot doirasida temir yo‘l idoralari kengashini ta’sis etish, uning asosiy funksiya va vazifalarini belgilash;

 

E-Permit, E-TIR, E-Transit kabi loyihalar orqali tovarlar va jo‘natish hujjatlarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartib-taomillarini raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish;

 

viza tartib-taomillarini soddalashtirish, turli yig‘im va to‘lovlarni kamaytirish, ruxsatnoma blankalari kvotalari ko‘paytirish orqali xalqaro avtomobil tashuvlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish zarurligini ta’kidladi.

 

TDTga aʼzo mamlakatlar transport vazirlarining 7-yigʻilishi yakunlari boʻyicha Kommyunike imzolandi.