Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Zamonaviy avtobuslar yo‘lovchilar xizmatida

Chop etish Sahifani ulashish
27.09.2021 5615 Yangiliklar

 

Prezidentimiz joriy yilning 17-18 iyun kunlari Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyatida transport infratuzilmasini tubdan yangilash aholiga sifatli, arzon transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlarni bergan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash viloyatda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yo‘lovchilarga qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatishni tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, “Alpomish Merosi” MChJ tomonidan Xitoyning ”ZHONGTONG BUS Company LIMITED” korxonasi bilan 70 dona zamonaviy avtobuslarni xarid qilish bo‘yicha 4,375 mln. dollarlik shartnoma imzolangan edi.

Shartnomaga muvofiq ushbu avtobuslar bosqichma-bosqich ravishda mamlakatimizga olib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning 14 - avgust kuni 20 dona, 25 - sentabr kuni 14 dona, 27 - sentabr kuni esa 10 ta ZHU YONGHU avtobuslari respublikamizga olib kelindi.