Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yangiyer – Istaravshan – Yangiyer yo‘nalishida mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Chop etish Sahifani ulashish
15.06.2022 2966 Yangiliklar

 

Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahridan Tojikiston Respublikasining Istaravshan (eski nomi O‘ratepa) shahriga qatnovchi “Yangiyer – Istaravshan – Yangiyer” xalqaro yo‘nalishida sinov tariqasida mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur yo‘nalishdagi qatnovlar Guliston shahrida ro‘yxatdan o‘tgan “Timur Avto Trans Servis” MChJ va Tojikiston Respublikasi tomonidan esa “Dovud” MChJlar tomonidan amalga oshirilmoqda. Qatnovlar har ikki tarafdan kuniga bir marotabadan bajariloqda.

Mikroavtobuslar “Yangier” avtostansiyasidan soat 7:00 da Tojikiston tomonidan esa Istaravshan shahri markazidan soat 7:30 da yo‘nalishga chiqadi. Ushbu yo‘nalish qatnov masofasi 69 km bo‘lib, yo‘lkira narxi 27 000 so‘m etib belgilangan.

Yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda tashuvchilar tomonidan qatnovlar sonini har ikki tomondan kuniga to‘rtagacha yetkazish ko‘zda tutilgan.