Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Yandex Go” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi  

Chop etish Sahifani ulashish
20.02.2024 1119 Yangiliklar

Bugun, 20-fevral kuni Transport vaziri I. Maxkamov “Yandex Go” kompaniyalar guruhining elektron tijorat va logistika xizmatlari bo‘yicha Bosh direktori D. Shuleyko boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda yo‘lovchi tashish bozorini rivojlantirish va tartibga solish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

  

Shuningdek, yo‘l-ko‘cha tarmoqlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Yandex (xarita) tahlillaridan foydalanish, o‘z avtotransport vositalariga ega bo‘lgan taksoparklar faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.