Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yaxshidan bog‘ qolur

Chop etish Sahifani ulashish
02.12.2021 3146 Yangiliklar

 

Xabaringiz bor, Respublikamiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyhasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish hamda yashil maydonlarni ko‘paytirish ishlari jadal olib borilmoqda. Mazkur jarayonda Transport vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

Loyiha asosida e’lon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri doirasida Transport vazirligi markaziy apparati xodimlari ham na’muna ko‘rsatmoqda. Bugun poytaxtimizning Shayxontohur tumanida joylashgan 140 - sonli maktabgacha ta’lim muassasasi hududida yangi bog‘ barpo etishga kirishildi.

Vazirlik xodimlari tomonidan olib borilgan obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish ishlari davomida bog‘cha hududiga 200 tup manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi.

“Xalqimizda, “Yaxshidan bog‘ qoladi” degan naql bejizga aytilmagan. Bugun biz ekkan nihollar, kelajakda unib-o‘sib bog‘cha hududiga ko‘rk bag‘ishlashi bilan bir qatorda, atrof-muhit ekologiyasining yaxshilanishiga ham hissa qo‘shadi. Ushbu hududda bunyod bo‘ladigan bog‘ bizning kelajak avlodga munosib tuhfamizdir”,–dedi Transport vazirligi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi F.Narxodjaev.

Bugun yurtimiz bo‘ylab keng miqyosda o‘tkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Transport vazirligi va tizim tashkilotlari tomonidan hozirga qadar 6300 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt hamda buta ko‘chatlari ekildi. Amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar hududlar qiyofasini obod etish barobarida, tabiatni asrash, ekologik musaffolikni ta’minlashga ko‘mak berishi bilan ahamiyatlidir.