Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xitoyning sharqiy qismini Markaziy Osiyo bilan bog‘laydigan yangi yo‘nalish

Chop etish Sahifani ulashish
23.01.2024 1830 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda O‘zbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining tegishli vazirlik va idoralari bilan hamkorlikda yangi yo‘nalishda yuk tashuvlarini amalga oshirish boshlandi.

 

Mazkur yangi savdo yo‘li O‘zbekistonni Xitoyning sharqiy qismida joylashgan Sindao shahri bilan bog‘lab, yuk tashuvlarini tez, tejamkor va xavfsiz amalga oshirish imkonini bermoqda.

 

O‘zbekistonlik milliy tashuvchilar ushbu yo‘nalish bo‘ylab TIR Carnet kitobchasini qo‘llagan holda Qozog‘istondan tranzit o‘tib, Xorgos orqali Xitoyning Sariq dengiz qirg‘oqlarida joylashgan Sindao shahriga va u yerdan ortga yuk tashuvlarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

 

Ushbu yangi savdo yo‘lagi orqali yuklar avtomobil transportida “eshikdan eshikkacha” tamoyili asosida qisqa vaqtda o‘z egalariga yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida Transport vazirligi haydovchilarning viza olish, tashuvlarni amalga oshirish uchun xalqaro ruxsatnoma blankalari bilan taʼminlash, xorijiy davlatlar bojxona nazoratidan o‘tish jarayonida vujudga kelayotgan masalalarni qisqa fursatlarda hal qilishda korxonalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatmoqda.