Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Vazir o‘rinbosari Qarshi shahrida kommunal ta’minot holatini ko‘zdan kechirdi

Chop etish Sahifani ulashish
03.02.2021 5400 Yangiliklar

 

Davlatimiz rahbarining 2020- yil 12-13 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida respublika vazirlik va idoralari har bir hududga mas’ul etib biriktirilgan edi. Xususan, Qarshi shahri bo‘yicha bajariladigan ishlarni muvofiqlashtirish Transport vazirligiga yuklatilgan.

Shunga ko‘ra, Transport vaziri o‘rinbosari Rahmonbek Usmonov boshchiligidagi ishchi guruhi Qashqadaryo viloyati markazida bo‘lib, mahalliy hokimlik vakillari, mas’ul tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida ishlarning borishini muhokama qildi.

Shundan so‘ng vazir o‘rinbosari haqiqiy vaziyat bilan tanishish uchun Qarshi shahridagi qator soha obyektlariga bordi. Maktab, maktabgacha ta’lim tashkiloti, tibbiyot muassasasi, ko‘p qavatli uylarning holati ko‘zdan kechirildi. Mahalla raislari, aholi vakillari va ijtimoiy soha obyektlari rahbarlari bilan muloqot qilindi. Topshiriqlar ijrosining ta’minlanishi bilan bog‘liq kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.