Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Uzbekistan Airways talabalar uchun chegirmalarni uzaytirdi

Chop etish Sahifani ulashish
07.01.2022 4069 Yangiliklar

 

2021/2022-o‘quv yilining ikkinchi yarmini to‘liq va puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda boshlash maqsadida oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 2022 - yil 24 - yanvarga qadar uzaytirilgani bois “Uzbekistan Airways ” AJ 23 - yanvarga qadar talabalar uchun respublika bo‘ylab amalga oshiriladigan ichki reyslarga 50% chegirma muddatini uzaytirdi.

10 - yanvarga qadar xarid qilingan aviachiptalar 23 - yanvargacha rejalashtirilgan reyslarga bepul qayta bron qilinadi.

Shuningdek, aviakompaniya joriy yilning 20 – 23 yanvar kunlari qo‘shimcha reyslarni amalga oshiradi.

Batafsil: www.uzairways.com

Ma’lumot uchun telefon: +998 78 140 02 00