Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Uzbekistan Airways Samarqand shahridan mahalliy yo‘nalishlarda muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Chop etish Sahifani ulashish
27.03.2021 5086 Yangiliklar

 

2021 - yilning 28 - mart sanasidan e’tiboran aviakompaniya Samarqand – Urganch – Samarqand, Samarqand – Farg‘ona – Samarqand, Samarqand – Namangan – Samarqand yo‘nalishlarida muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.

Parvozlar quyidagi jadval asosida haftada etti marotaba bajariladi.

HY 049 Samarqand – Urganch 11:50/13:05
HY 050 Urganch – Samarqand 13:55/15:05

HY 087 Samarqand – Farg‘ona 15:55/16:55
HY 088 Farg‘ona – Samarqand 17:45/18:50

HY 047 Samarqand – Namangan 08:05/09:05
HY 048 Namangan – Samarqand 09:55/11:00

Ushbu yo‘nalishlarda aviachipta narxi 189 000 so‘mdan boshlanadi.

Aviachiptalarni kompaniyaning veb-saytida, "Uzbekistan airways sales" yoki aviakompaniya agentlarining ofislarida sotib olish mumkin!

Eslatib o‘tamiz, yo‘lovchilar www.uzairways.com sayti orqali aviakompaniya qatnovlariga onlayn-ro‘yxatdan o‘tish xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish parvozdan 24 soat oldin ochiladi va 120 daqiqa oldin yopiladi.

Aviakompaniya rasmiy veb - sayti www.uzairways.com orqali chiptalarni onlayn tarzda sotib olgan yo‘lovchilarga barcha tariflar bo‘yicha 3% chegirmalar taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun telefon: +998 78 140 02 00