Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Uzbekistan Airways Moskvaga muntazam aviaqatnovlarni tikladi

Chop etish Sahifani ulashish
07.04.2021 4812 Yangiliklar

 

2021 - yilning aprel oyidan boshlab, haftaning har shanba kunlari Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

Mazkur reysga O‘zbekistonning barcha fuqarolari va Rossiya hukumatining 2020 - yil 16 - martdagi farmoyishi asosida Rossiyaga kirishga cheklov qo‘yilmagan O‘zbekistonda doimiy yashash huquqiga ega chet el fuqarolari kiritilishi mumkin.

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha uchish uchun Rossiyaga kelishdan avval 3 kalendar kunidan oshmagan holda PZR-test (rus yoki ingliz tilida) o‘tkazish talab qilinadi.

Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun chiptalarni tezlashtirib xarid qilish xizmatlarini taklif qiluvchi shubhali shaxslarga murojaat etmasligingizni so‘raymiz. Chiptada ko‘rsatilgan va siz to‘lagan narxni taqqoslashingizni tavsiya etamiz.

Aviachiptalarni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining rasmiy veb sayti orqali 3% chegirma bilan onlayn tarzda xarid qilish imkoniyati mavjud!

Ma’lumot uchun telefon: +998 78 140 02 00