Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Urush faxriylari holidan xabar olindi

Chop etish Sahifani ulashish
07.05.2021 4456 Yangiliklar

 

 

Davlatimiz rahbarining “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarga asosan davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, yolg‘iz qariyalar va ehtiyojmand oila vakillariga xayriya yordamlari ko‘rsatilmoqda.

Bugun Transport vazirligi hamda Respublika mahalla xayriya jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan ana shunday tadbir davomida poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi urush faxriylari holidan xabar olindi.

Jumladan tumanning “Sho‘rtepa” MFY da yashovchi urushning qiyin kunlarini boshidan o‘tkazgan 97 yoshli Jappar Mirzayev hamda “Alpomish” MFY da istiqomat qiluvchi 86 yoshli Valetnina Oshkina xonadonlariga tashrif buyurgan mas’llar faxriylarini samimiy tabriklab, ularni moddiy rag‘batlantirdilar.

Faxriylarimiz qo‘lini duoga ochib, avvalo yurtimiz tinchligi bardavom bo‘lib, farovonlik, go‘zal hayotga, mehr-oqibatli, saxovatli xalqimizga ko‘z tegmasligini tiladilar.