Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Turkiy Kengach doirasida transport va tranzit masalalari bo‘yicha maslahatlachuvlar bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
21.04.2021 4800 Yangiliklar

 

2021-yil 20-aprel kuni O‘zbekiston transport va bojxona organlari vakillari hamda Turkiy Kengash Kotibiyati ishtirokida videokonferensiya shaklida navbatdagi maslahatlashuv o‘tkazildi. 

Yig‘ilishda Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamad Mo‘minov,  Turkiy Kengash Bosh kotibi o‘rinbosari Mirvohid Azimov,   shuningdek,   transport vazirligi,   davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston xalqaro avtomobilь tashuvchilar assotsiatsiyasi ekspertlari ishtirok etdi.

Uchrashuv O‘zbekiston Prezidenti Chavkat Mirziyoevning 2021 yil 31 martda bo‘lib o‘tgan Turkiy Kengashning norasmiy sammiti davomida e’lon qilgan transportni rivojlantirish borasidagi tashabbuslari,   shuningdek,   transport sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya maslahatlashuvlarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.

Yig‘ilishda tomonlar Trans-Kaspiy transport yo‘lagining raqobatbardoshligini oshirish masalalarini muhokama qildilar hamda mazkur yo‘nalishning hayotiyligini namoyish qilish bo‘yicha "Yo‘l namoyish safari (yo‘l savdo karvoni)" tashkil etish yuzasidan fikr almashdilar.