Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Turkiy davlatlar tashkiloti tashqi siyosiy tadqiqotlar markazlarining Toshkent uchrashuvi

Chop etish Sahifani ulashish
17.10.2022 2520 Yangiliklar

 

Toshkentda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlarining tashqi siyosat bo‘yicha rasmiy tahliliy markazlari 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda yetakchi tahliliy markazlarning 60 dan ziyod mutaxssis va ekspertlari ishtirok etishdi. Uchrashuvda Turkiy davlatlar tashkiloti maydonida savdo-iqtisodiy kooperatsiya va transport-logistika bog‘liqligini rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama etildi.

 

Yig‘ilish doirasida tashkil etilgan “TDTga a’zo mamlakatlarning transport-logistika sohasidagi o‘zaro bog‘liqligi: raqobatbardosh yetkazib berish zanjirini yaratish uchun innovatsion texnologiyalar va raqamli xizmatlar” mavzusidagi sessiya ishida Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev ma’ruza qildi.

 

Jasurbek Choriyev o‘z ma’ruzasida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar va mintaqalarning rivojlanishida mavjud xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish va yangilarini shakllantirish orqali transport-kommunikatsiya aloqalaridagi o‘zaro bog‘liqlik muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi. Xususan, O‘zbekistonning Sharq-G‘arb va Shimol-Janub yo‘nalishidagi transport yo‘laklarida bog‘lovchi bo‘g‘in sifatidagi roliga alohida to‘xtalib o‘tildi.

 

Shuningdek, Jasurbek Choriyev dengiz portlariga eng qisqa masofalarda chiqishni ta’minlovchi, yuklarni uzluksiz yetkazib berishga xizmat qiluvchi yangi transport koridorlarini shakllantirish maqsadida “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” va “Mozori-Sharif – Qobul – Peshovar” temir yo‘l qurilishi loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish muhimligini ta’kidlab o‘tdi.