Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vazirligi vakillari Leypsigdagi xalqaro transport forumida ishtirok etdi

Chop etish Sahifani ulashish
26.05.2023 1819 Yangiliklar

2023-yil 24-26-may kunlari Leypsig shahrida (Germaniya) "Barqaror iqtisodiyotga ko'maklashuvchi transport" mavzusida xalqaro transport forumi bo'lib o'tmoqda. Sammit ishtirokchilari transportning iqtisodiy o'sish omili sifatida ekologik va ijtimoiy barqarorlikka hissa qo'shuvchi rolini muhokama qildi.

 

Transport vaziri o'rinbosari Jasurbek Choriyev boshchiligidagi delegatsiya ushbu forumda ishtirok etmoqda va tadbir doirasida O'zbekiston tomoni transkaspiy yo'lagi infratuzilmasini yaxshilash va to'lovlarni raqamlashtirish, optimallashtirish tizimlarini keng joriy etish orqali milliy tashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, O'zbekiston haydovchilari uchun viza tartib-taomillarini soddalashtirish va xalqaro avtomobil tashuvlari uchun ruxsatnomalar sonini ko'paytirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni taklif etdi.

 

Transport vazirligi vakillari forum doirasida qator uchrashuvlar o'tkazdi va tadbir yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasini ESMT ko‘p tomonlama kvota tizimiga qo‘shilish bo‘yicha ishlarni boshlash, Mongoliya va O‘zbekiston o‘rtasida ikkita bitim (havo qatnovi va avtomobilda yuk tashish) matni bo‘yicha yakuniy ishlarni olib borish va imzolashga tayyorlash maqsadida o‘zbek-mongol ishchi guruhi yig‘ilishini joriy yil iyul oyida Mongoliyada tashkil etish, joriy yil III-choragida Toshkent shahrida avtomobilda xalqaro yuk tashuvlar bo‘yicha o‘zbek-bolgar qo‘shma komissiyasini o‘tkazish va ruxsatnoma blankalari sonini oshirishga kelishish, Litva Respublikasi bilan avtomobilda xalqaro yuk tashish uchun ruxsatnoma blankalari sonini oshirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, 2024-yilda Xalqaro transport forumi Osiyo mintaqasi davlatlarining yuqori darajadagi davra suhbatini (“ITF High-Level Dialogue of Asian Countries”) O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazish, O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasida avtomobilda xalqaro yuk tashuvlari bo‘yicha Hukumatlararo Bitimni ishlab chiqish takliflari ilgari surildi.