Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vaziri Seulga tashrif buyurdi

Chop etish Sahifani ulashish
30.05.2023 1682 Yangiliklar

Ayni damda transport vaziri Ilhom Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi. Xizmat safarining ilk kuni vazir Seul shahar ma’muriyati qoshida tashkil etilgan transport ma’lumoti xizmati (TOPIS)ga tashrif buyurib, shahar transport tizimini operativ boshqaruv faoliyati, haydovchisiz harakatlanayotgan transport vositalarining pilot loyihalari hamda real vaqt rejimida transport va yo‘l ma’lumotlarini tahlil qilib borish imkoniyatlari bilan tanishdi.

 

Xizmat safari davomida, Seul shahri jamoat transporti sohasida amalga oshirilgan keng ko‘lamdagi islohotlar, xususan, shaharda joriy etilgan avtobus yo‘laklari (BRT), integrallashgan elektron to‘lov (T-Money) tizimi, daromadlarni tashuvchilar o‘rtasida taqsimlashda “Pool” tizimi, jamoat transport infratuzilmasida aholining zaif qatlamlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishiladi.

 

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rgangan holda bevosita xorijiy ekspertlar ishtirokida, yangicha yondashuvlar asosida Toshkent shahri jamoat transporti tizimini isloh qilish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Aynan mazkur jarayonda Janubiy Koreya tajribasi asosida shahar transport tizmini rivojlantirish borasida eng maqbul yechimlarni amalda qo‘llash ko‘zda tutilgan.