Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vaziri Qirg‘iziston elchisi bilan uchrashdi

Chop etish Sahifani ulashish
22.07.2022 2142 Yangiliklar

 

Bugun, 22 - iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov Qirg‘iz Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Musa Jamanbayev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etishdi.

Xususan, har ikki tomon vakillari Cho‘lponotada bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvida ilgari surilgan takliflarni ro‘yobga chiqarish, ushbu yo‘nalishda birgalikdagi sa’y-harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdi.

Shuningdek, uchrashuvda mamlakatlarimiz shaharlarini bir-biri bilan bog‘lovchi yangi yo‘nalishlarda temir yo‘l va avtobus qatnovlarini tashkil etish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.