Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport universiteti Ukrainaning ikkita OTM bilan shartnoma imzoladi

Chop etish Sahifani ulashish
23.11.2021 3446 Yangiliklar

 

22-27 - noyabr kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan “InnoWeek-2021” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida Ukraina ta’lim va fan vaziri S. Shkarlet boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston va Ukraina OTMlari rektorlari ishtirokida Toshkent, Samarqand va Buxoroda davra suhbatlari va uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 22 - noyabr kuni Toshkent davlat transport universitetida “O‘zbekiston Respublikasi va Ukraina oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Toshkent davlat transport universiteti Ukraina Milliy aviatsiya universiteti hamda Kiev Milliy qurilish va arxitektura universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnoma tuzildi.