Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport universiteti Namangan shahri transport tizimini takomillashtirish yuzasidan taqdimot o‘tkazdi

Chop etish Sahifani ulashish
20.06.2022 2753 Yangiliklar

 

Zamonaviy ilmiy-texnik imkoniyatlarni qo‘llagan holda, transport tizimini istiqbolli rivojlantirishni rejalashtirish bugungi kunda dolzarb masalaga aylanib ulgurgan.

Shu nuqtai nazardan, rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, transport tizimini istiqbolli rivojlantirishda shaharlarning transport modellarini yaratish u orqali esa transport tarmog‘iga joriy va prognoz yuklamalarni hisoblab chiqish, tahlil qilish orqali bo‘lajak investision loyihalar samaradorligini baholash mexanizmlari joriy etilmoqda.

Ayni shu yo‘nalishda Toshkent davlat transport universiteti mutaxassislari tomonidan Namangan shahri transport tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan dastlabki izlanishlar natijasi bo‘yicha takliflar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Unda universitetning Transport vositalari muhandisligi kafedrasi mudiri U.Abdurazzoqov, kafedra dotsenti K.Ziyayev, tayanch doktoranti D.Tursunovlar Namangan shahri transport tizimini tartibga solish, kelgusi 10-20 yillikda aholi sonining o‘sishi, shunga mutanosib ravishda transportdan foydalanuvchilar sonining ortishi kabi omillarni hisobga olgan holda shahar transport tizimini tubdan yaxshilash bo‘yicha modellashtirish izlanishlari natijasi bilan mutasaddilarni tanishtirdi.

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov soha mutaxassisarinnig fikr va mulohazalarini inobatga olgan holda Namangan shahri transport tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha boshlangan amaliy ishlarni jadallashtirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma berdi.