Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkentda Afg'onistonga yuk tashishlarni jadallashtirish bo'yicha to'rt tomonlama uchrashuv bo'lib o'tdi

Chop etish Sahifani ulashish
11.09.2022 2302 Yangiliklar

 

Xitoydan Afgʻonistonga tovarlar yetkazib berishni jadallashtirish va logistika infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashabbusi bilan Oʻzbekiston, Afgʻoniston, Qirgʻiziston temir yoʻllari maʼmuriyatlari vakillari hamda Xitoy xalqaro logistika kompaniyasi ishtirokida to‘rt tomonlama uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Ishchi guruh yig‘ilishini “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi v.b. X.N.Xasilov boshchiligida bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri I.R.Mahkamov kirish so‘zi bilan chiqdi. Shuningdek, Afg‘onistonning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi janob A.X.Elmi ham ishtirok etdi. 

 

Hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish, mavjud imkoniyatlarni kengaytirish, istiqbolli loyihalar va hamkorlikning yangi bosqichlarga olib chiqish maqsadida tomonlarning logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, Xitoyning Qashg‘ar stansiyasidan Afg‘onistondagi Hayraton stansiyasigacha bo‘lgan yuk tashishlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

 

Taʼkidlash joizki, afg‘onistonlik mehmonlar Ishchi guruhning barcha qarorlarini qo‘llab-quvvatladi. Afg‘onistonning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi A.X.Elmi va Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasi boshlig‘i v.b. A.B.Sharofat tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

 

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha to‘rt tomonlama bayonnoma imzolandi.