Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Ta’ziya izhor etamiz

Chop etish Sahifani ulashish
29.01.2021 4605 Yangiliklar

 

Bugun Faxriy temiryo‘lchi - Toshkent metropolitenining birinchi rahbari Shoinoyat Raximovich Shoabduraximov 92 yoshida bu yorug‘ olamni tark etdi.

Shoinoyat Raximovich Shoabduraximov 1929-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1954 - yilda Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutini tamomlagan. O‘rta Osiyo temir yo‘lining Toshkent bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisining o‘rinbosari etib saylangan. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi.

1976 yildan 1996 yilgacha Toshkent metropolitenining birinchi rahbari bo‘lgan. Shoinoyat Raximovich Shoabdurahimov qalbi keng inson, nufuzli rahbar sifatida odamlar qalbida va O‘zbekiston poytaxti tarixida o‘chmas iz qoldirdi.

Transport vazirligi rahbariyati va jamoasi marhumning oila a’zolariga, yaqinlariga, safdoshlari va shogirdlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Shoinoyat Raximovich Shoabduraximov biz uchun doim o‘z kasbining fidokori, bag‘rikeng va donishmand inson sifatida o‘rnak bo‘lib qoladilar. Bizning xotiramizda uning cheksiz hayotiy g‘ayrati, yuqori ma’naviy va axloqiy fazilatlari qalblarimizda mangu qoladi.