Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Talabalar va o‘quvchilar diqqatiga!

Chop etish Sahifani ulashish
06.01.2022 3724 Yangiliklar

 

Temir yo‘l chiptalarini almashtirish tizimi 2022 - yil 7 - yanvar kuni soat 00:01 daqiqadan faoliyatini boshlaydi.

2021/2022 o‘quv yilining ikkinchi yarmini to‘liq va puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda boshlash maqsadida oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 2022 - yil 24 - yanvarga qadar uzaytirildi.

Shu bois temir yo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2022 - yilning 24 - yanvariga qadar uzaytirildi.

Va asosiysi – 2022 - yilning 11 - yanvarigacha bo‘lgan muddatga xarid qilingan temir yo‘l chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.

Chiptalarni almashtirish tizimi 2022 - yil 7 - yanvar kuni soat 00:01 daqiqadan faoliyatini boshlaydi.

Talabalar va o‘quvchilar chiptalarini bemalol temir yo‘l kassalariga borib almashtirib olishlari mumkin.

Izoh: Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.