Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Sog‘lom turmush tarzi farovon hayot asosi

Chop etish Sahifani ulashish
27.02.2021 9564 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktyabrdagi "Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Transport vazirligi tizimida faoliyat yurituvchi ishchi xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va sog‘lig‘ini mustahkamlash, ular o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” ga asosan muntazam ravishda turli-tuman sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.

Ishchi xodimlarning jismoniy rivojlanishi orqali mehnat unumdorligi va samarali ish faoliyatiga erishish maqsadida vazirlik birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan dam olish kunlari muntazam ravishda vazirlik markaziy apparati xodimlari o‘rtasida sportning “stol tennisi” va “futbol” turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.

27- fevral kuni vazirlik markaziy apparati ishchi xodimlari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha navbatdagi musobaqa tashkil etildi. Musobaqada vazirlikning 40 nafardan ziyod xodimlari faol ishtirok etishdi. Musobaqa g‘oliblari va faol ishtirokchilari vazirlik birlashgan kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Transport vazirligi tizimida bu kabi ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tadbiq etish ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.