Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Singapur bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
12.12.2022 2715 Yangiliklar

 

 

O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov Singapur transport vaziri o‘rinbosari Emi Xard bilan uchrashdi

 

Uchrashuvda tomonlar transport, logistika va tranzit sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama etishdi.

 

Xususan, transport sohasini raqamlashtirish jarayonlariga zamonaviy Singapur texnologiyalarini jalb etish yuzasidan fikr almashildi. A.Mo‘minov Singapur tomoniga O‘zbekistonda jamoat transporti sohasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni taklif etdi.

 

Shuningdek, transport sohasida faoliyat yurituvchi o‘zbekistonlik mutaxassislarni Singapurda qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitishni tashkil etish taklifi ilgari surildi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning belgilangan yo‘nalishlari bo‘yicha 2023-yilning yanvar oyida ikki vazirlik o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdi.