Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda ishlash huquqini olish uchun tender o‘tkaziladi

Chop etish Sahifani ulashish
24.10.2023 1335 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 - yil 6 - dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi ochiq tender joriy yilning 24 - noyabr  sanasida bo‘lib o‘tadi.

 

Tenderga joylashtirilgan yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish, tizimdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalarni yuklab olish hamda tenderda qatnashish uchun takliflarni taqdim etish jarayonlari e-tender.uztrans.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

 

Tenderga qo‘yilgan lotlar:

 

VSh – 715-sonli Samarqand sh. – Buxoro sh. ikki tomondan

VSh – 732-sonli Buxoro sh. – Qarshi sh. ikki tomondan

VSh – 748-sonli Urganch – Nukus Nukus sh. tomondan

VSh – 778-sonli Toshkent sh. – Paxtaobod. Paxtaobod tomondan

VSh – 789-sonli Toshkent – G‘ijduvon ikki tomondan

VSh – 945-sonli Shahrisabz sh. – Urganch sh. Shahrisabz sh. tomondan

VSh – 1129-sonli Bulung‘ur avtostantsiyasi – Kamar ikki tomondan

VSh – 1132-sonli Beruniy – Urganch sh. ikki tomondan

VSh – 1174-sonli Shirin – Bekobod ikki tomondan

VShYT – 745-sonli Toshkent sh. – Paxtakor. Toshkent sh. tomondan

VShYT – 797-sonli Toshkent sh. – Jizzax. Toshkent sh. tomondan

VShYT – 810-sonli Toshkent sh. – Zarbdor. Toshkent sh. tomondan

 

Eslatib o‘tamiz, talabgorlar tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazishlari lozim.

 

Tender takliflarini yuborish uchun to‘lovlar faqatgina tashkilotning bank hisob raqamidan pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilishi kerak.