Eslatma: Sayt beta rejimida ishga tushirildi. Saytdan foydalanish paytida xatoliklar yuzaga kelishi mumkin.

Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Saudiya Arabistoni bilan fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikning yangi istiqbollari

Chop etish Sahifani ulashish
20.04.2022 1210 Yangiliklar

 

Joriy yilning 19 - aprel kuni Ar-Riyod shahrida O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri I.Mahkamov va Saudiya Arabistoni fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi prezidenti A.Al-Dualij hamda “Flynas” aviakompaniyasi bosh direktori B.Al-Moxanna o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar fuqaro aviatsiyasi sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Xususan, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo shaharlariga Saudiya Arabistonidan sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida ikki davlatning tayinlangan aviakompaniyalari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ushbu yo‘nalishda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda tomonlar fuqaro aviatsiyasi sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.