Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

«Qirg‘iz temir yo‘li» kompaniyasi bilan memorandum imzolandi

Chop etish Sahifani ulashish
19.04.2023 2306 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi «O‘zining temir yo‘llariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning temir yo‘l transporti xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi» davlat muassasasi direktori Suxrob Norqulov Qirg‘iziston Respublikasi Transport va kommunikatsiyalar vazirligi huzuridagi ««Qirg‘iz temir yo‘li» milliy kompaniyasi»»  davlat korxonasi bosh direktori Azamat Sakiyev bilan uchrashdi.

 

Tomonlar ta’lim va ilmiy tadqiqotlar, temir yo‘lchilarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, temir yo‘l transportida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik bo‘yicha ilg‘or ishlanmalarni joriy etish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish  masalalari yuzasidan fikr almashdi. Uchrashuv davomida ikki muassasa o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish yuzasidan memorandum imzolandi.

 

Shuningdek, tomonlar kelgusida o‘zaro tajriba almashish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yishda doimiy hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan yo‘l xaritasi ishlab chiqishga kelishib oldi.