Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Qanot Sharq aviakompaniyasi Samarqand xalqaro aeroportidan Istanbulga parvozlarni amalga oshiradi

Chop etish Sahifani ulashish
25.05.2023 1713 Yangiliklar

Joriy yilning 1-iyun kuni "Qanot Sharq" xususiy avaikompaniyasi Samarqanddan Turkiyaning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam qatnovlarni amalga oshira boshlaydi. Ushbu yo‘nalishda reyslar haftada uch marta seshanba, payshanba va shanba kunlari bajariladi.

 

Samarqanddan uchush vaqti mahalliy vaqt bilan soat 7:00 ga belgilangan. Chiptalarni hamda qo‘shimcha xizmatlarni Samarqand xalqaro aeroporti kassalarida rasmiylashtirish mumkin.