Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Qanday qilib yangi transport yo‘nalishlari rivojlanish omiliga aylanishi mumkin?

Chop etish Sahifani ulashish
28.04.2023 2025 Yangiliklar

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Transport aloqasi – iqtisodiy o‘sish va xalqaro savdo drayveri" panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 

Muhokama chog‘ida ma’ruzachilar Markaziy Osiyo uchun dolzarb muammo – transport xarajatlarini kamaytirish uchun mintaqa davlatlari nima qilishi kerak? degan savolni o‘rtaga tashlashdi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyoning Yevropa davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmini oshirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar va mintaqa mamlakatlari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni oshirish siyosatini oʻz ichiga olgan xususiy investorlar uchun imkoniyatlar muhokama qilindi.

 

– Oʻzbekiston Yevropa hamda Osiyo oʻrtasida koʻprik boʻla oladi va buning uchun barcha zarur resurslar mavjud”, – deydi Transport vaziri Ilhom Mahkamov. – Biz “Shimol-Janub”, “Sharq-G‘arb” yo‘laklarida ham faol ishtirok etishga tayyormiz, ekspeditorlar va tashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab harakatlanishi uchun shart-sharoit yaratish imkoniyatiga egamiz. Mamlakatimiz rahbari tomonidan oldimizga qo‘yilgan topshiriq – iqtisodiy taraqqiyot va investitsiya muhitning drayveri bo‘lish vazifasi amalga oshirilmoqda, lekin bunda xususiy va investitsion kapital ishtiroki ham muhim o‘rin tutadi.

 

Tadbirda qayd etilishicha, statistika bo‘yicha Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi qit’alararo savdoda yuk tashishning 90 foizidan ortig‘i dengiz orqali amalga oshiriladi. Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar esa o‘z daromadlarining qariyb 18 %ini transport xizmatlariga sarflashadi.

 

– Biz Yevropa va Osiyo o‘rtasida ko‘prik sifatida joylashganmiz – dedi Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi, elchi Kubanichbek Omuraliev. – Va albatta, transport aloqalari nafaqat a’zo davlatlar, balki kuzatuvchi davlatlarning ham mintaqaviy integratsiyalashuvida juda muhim rol o‘ynaydi. Turkiy davlatlar tashkiloti transport koridorlarini jadal rivojlantirish, mintaqa davlatlari o‘rtasida tovar va xizmatlar oqimini faollashtirishdan manfaatdor. Xususan, biz Sharq va G‘arb o‘rtasidagi yo‘lakni rivojlantirishga e’tibor qaratmoqdamiz, bu bizga barqaror transport tarmoqlarini ta’minlash imkoniyatini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakatlarimizning raqobatbardoshligi va jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

 

Mutaxassislar bir ovozdan Sharq va G‘arbni bog‘lovchi koridorni rivojlantirish zarur degan fikrga kelishdi. Ilgari unga muqobil yo‘l sifatida qaralgan bo‘lsa, bugungi kunda, dunyodagi geosiyosiy vaziyatni hisobga olgan holda, uning ahamiyati ortib bormoqda.