Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Pokiston bilan transport sohasida hamkorlikni kengaytirish

Chop etish Sahifani ulashish
17.03.2021 4196 Yangiliklar

 

2021- yilning 13-17 - mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Pokiston portlari infratuzilmasini o‘rganish va ikki tomonlama muzokaralarni tashkil etish maqsadida Pokiston Islom Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Pokiston Dengiz ishlari vazirligi rahbariyati, Pokiston Milliy kemachilik korporatsiyasi, Yuk tashish kompaniyalari assotsiatsiyasi va logistika kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Shuningdek, “Qosim”, “Karachi” va “Gvadar” portlarning infratuzilmasi va texnologiyasi bilan tanishildi.

Pokiston portlaridan foydalangan holda O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston yo‘nalishidan samarali foydalanish bo‘yicha ishlarni faollashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Muzokaralar yakunida "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va Pokiston Dengiz ishlari vazirligi o‘rtasida bayonnoma imzolandi.