Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston va Hindiston muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklash masalasida kelishuvga erishdi

Chop etish Sahifani ulashish
22.02.2021 3971 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi aviatsiya ma’muriyati o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviqatnovlarni “International Air Travel Bubble” Bitimi asosida amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Joriy yilning mart oyidan boshlab, “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan Toshkent – Dehli – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni amalga oshirish boshlanadi.

Parvozlar 5- mart sanasidan haftasiga ikki marotaba seshanba va juma kunlari bajarilishi ko‘zda tutilmoqda.