Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston – Turkmaniston: Transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari belgilab olindi

Chop etish Sahifani ulashish
10.08.2022 3116 Yangiliklar

 

2022 - yilning 8-9 avgust kunlari transport masalalari bo‘yicha o‘zbek turkman ishchi guruhining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari A.Mo‘minov va “Turkmen avtoulaglari” agentligi raisining o‘rinbosari V.Xodjanepesov hamda ikki mamlakatning avtomobil, temir yo‘l, aviatsiya tizimi tashkilotlar vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.


Xususan, tomonlar ikki davlat o‘rtasida avtomobil transportida yuk tashuvlar jarayonini to‘liq qayta tiklash, shuningdek, yuk tashish talablarini soddalashtirishdan manfaatdor ekanliklarini qayd etib o‘tishdi.


O‘zbekiston tomoni avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirayotgan o‘zbek haydovchilari uchun Turkmanistonga kirish vizasini berish talablarini soddalashtirish va muddatlarini qisqartirish yuzasidan turkman tomoniga takliflarini bildirdi.

 

Tomonlar temir yo‘l va avtomobil transportida yuk tashuvlari hajmini oshirish maqsadida transport koridorlarini rivojlantirish yo‘nalishidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuzasidan fikr almashdi.


O‘zbekiston tomoni “Turkmanboshi” porti orqali o‘tuvchi transport koridorlari butun mintaqa uchun muhim ekanligini va ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik aloqalarini rivojlatirish zarurligini ta’kidlab o‘tdi. Tomonlar tranzit yo‘nalishlarda yuk tashish hajmini oshirish uchun temir yo‘l infratuzilmasini yanada modernizatsiya qilish, shuningdek, yuk tashuvlarida transport xarajatlarini kamaytirish maqsadida chegirmalar taqdim etish choralarini ko‘rishga kelishib oldilar.


Uchrashuvda, O‘zbekiston tomoni mamlakatlarimiz o‘rtasida yo‘lovchi tashishni tashkil etish yo‘nalishidagi ishlarni faollashtirishni taklif qildi. Tomonlar O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Ummon transport koridorining barcha ishtirokchilari bilan Ashxobod shartnomasi doirasidagi ishlarni faollashtirishga kelishib oldilar.

Uchrashuv davomida tomonlar xalqaro yuk tashishni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa amaliy masalalarni ham ko‘rib chiqdilar. Yig‘ilishi yakuni bo‘yicha tegishli bayonnomani imzolandi.