Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O'zbekiston-Turkmaniston: Ikki tomonlama muvaffaqiyatli hamkorlik

Chop etish Sahifani ulashish
06.06.2022 2702 Yangiliklar

 

Ashxobodda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ, "Тürkmendemirýollary" agentligi, hamda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi transport va kommunikatsiya agentligi vakillari o'rtasida ikki tomonlama muzokaralar bo'lib o'tdi.

Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan o'zaro hamkorlik rivojining ijobiy dinamikasi va bugungi kunda boshqa transport turlari bilan hamkorlikda ikki mamlakat iqtisodiyoti va aholining ehtiyojlari ta'minlanayotgani qayd etildi.

Multimodal transport yo'laklari bo'ylab konteyner yuk tashishni tashkil etish, tranzit qatnovlarida yuk tashishni ko'paytirish, infratuzilmani rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasi sohadagi hamkorlik hamda boshqa qator masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar kelgusida hamkorlikni rivojlantirish, xususan, temir yo'l transporti orqali harakatlanayotgan tovarlar va transport vositalari to'g'risida dastlabki ma'lumot almashish, harakat tarkibining xizmat muddatini mukammal ta'mirlash, modernizatsiya qilish va uzaytirish sohasidagi hamkorlikni davom ettirish, yuklarni tashish hajmini yanada oshirish uchun o'zaro hamkorlik amaliyotini davom ettirish, shuningdek, infratuzilma loyihalarida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida tegishli protokol imzolandi.