Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya transport vazirlari yuk tashuvlar jarayonini tezlashtirishga kelishib oldi

Chop etish Sahifani ulashish
02.08.2022 2362 Yangiliklar

 

 

2 - avgust kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan “O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya” muloqoti birinchi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov Ozarbayjon Raqamli rivojlanish va transport vaziri Rashad Nabiyev hamda Turkiya Transport va savdo vaziri Odil Karaismoilo‘g‘li bilan ikki tomonlama uchrashuvi o‘tkazdi.

 

Uchrashuvda Ozarbayjon va Turkiyaning transport masalalari bo‘yicha mas’ul vazirliklari rahbarlari bilan “Trans– Kaspiy– Sharqiy–G‘arbiy–O‘rta yo‘lak” – multimodal transport yo‘nalishini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

 

Tomonlar yuklarning uzluksiz harakatlanishini ta’minlash uchun transport infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida birgalikdagi sa’y-harakatlarni amalga oshirish zarurligini ta’kidlashdi.

 

Shuningdek, tashuvlar jarayonida raqamli ma’lumotlar almashinuvi tizimini yo‘lga qo‘yish orqali yuk tashish hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish muhimligini alohida qayd etib o‘tishdi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldilar.